Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida oʻtkaziladi.