Chiroqchi tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzurida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, professor Qalandar Abdurahmonov nomidagi “Inson kapitali sun’iy intellekt ilmiy maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun maktabda professor Qalandar Abdurahmonov ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Fayzulla Yusupov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda “Inson kapitali sun’iy intellekt ilmiy maktabi” faoliyati va u yerda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida so‘z bordi.
“Maktab — oliy ta’lim — akademiya” integratsiyasi asosida tashkil etilgan “Inson kapitali sun’iy intellekt ilmiy maktabi” muzeyida akademik Q.Abdurahmonovning hayot yo‘lini aks ettiruvchi fotosuratlar, akademik yoshligi bilan bog‘langan tarixiy buyumlar, qo‘lyozmalar, ilmiy asarlar jamlangan.
Shuningdek, maktabda o‘quvchilarni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida so‘ngi rusumdagi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlangan.
https://gov.uz/oz/chiroqchi/news/view/52901