KELAJAKDA KARYERA QURISH DASTURI

Joriy yilning 17 iyun kuni G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida “Person Hunters LTD” (https://personhunters.com/) xalqaro konsalting kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Salay Matkarimov (https://www.instagram.com/salaymatkarimov/) tomonidan “Brending orqali shaxsni rivojlanish” mavzusida ikkinchi mahorat-darsi bo‘lib o‘tdi.

Magistratura talabalari uchun mahorat-darsi dekanat va Toshkent filiali Bitiruvchilar uyushmasi tomonidan “Kelajakda karyera qurish dasturi”ni amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Tadbir shaxsiy va kasbiy brending bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga intilayotgan talabalar – bo‘lajak yosh mutaxassislar va ishbilarmonlar auditorlarni jamladi.

Salay Matkarimov (https://www.facebook.com/SalayMatkarimov) o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilar e’tiborini zamonaviy dunyoda o‘z shaxsiy brendini yaratish va targ‘ib qilish muhimligiga ahamiyat qaratdi.