Siz uchun maxsus!

IT Park turli yoʻnalishlardagi 9 ta soha boʻyicha tanlovni ishga tushirmoqda. Unda ishtirokchilar iqtisodiyot sohasini raqamlashtirishga koʻmak beruvchi raqamli yechimlarni taqdim etishlari zarur boʻladi. 

✔️ Eng yaxshi loyihalar davlat sektoriga tatbiq qilinadi va moliyaviy yordam oladi.

 

Loyihalar qabul qilinadigan yoʻnalishlar:

▫️ Qishloq xoʻjaligi;

▫️Bank sohasi:

▫️Qurilish;

▫️Transport;

▫️Sogʻliqni saqlash;

▫️Taʼlim;

▫️Energetika;

▫️Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri;

▫️Geologiya, mineral resurslar.

 

❔Ishtirokchilardan nima kutamiz?

Raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirishda yordam beruvchi raqamli yechimlar: ilova, xizmat, qurilma va boshqalar.

 

✅ 16-dekabrga qadar (shu kuni ham) roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling!

 

Tanlov haqida batafsil: https://clck.ru/S8P7w

 

Ariza topshiring va IT Parkʼda istiqbolli moliyalashtirishli akseleratsiya dasturidan oʻtish imkoniyatiga ega boʻling.