Haftalik doirasida dunyoning turli davlatlaridan kelgan ekspertlar ilmiy va texnologik rivojlanishning dolzarb yo‘nalishlari hamda O‘zbekistonning xalqaro innovatsiyalar maydonidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilishmoqda.
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida o‘tkazilayotgan “InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Toshkent G.V. Plexanov nomidagi REU filiali vakillari ham qatnashmoqda.
Ta’lim maskani Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarini haftalik mehmonlari uchun namoyish etmoqdalar.
InnoWeek-2024 yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliy tatbiq etish uchun keng maydon yaratmoqda.