Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida seminar-trening bo’lib o’tdi

Joriy yilning 16-fevral sanasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan seminarda Universitet filiali professor-o’qituvchilari hamda talabalarining raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish bo’yicha ko’nikmalari oshirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko’rsatilayotgan raqamli xizmatlari hamda ulardan foydalanish tartiblari to’g’risida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, my.gov.uz portalida joriy etilgan ayrim turdagi xizmatlardan foydalanish jarayoni amaliy mashg’ulot shaklida namoyish etildi.

Seminarda my.gov.uz portalining mobil ilovasi taqdim etadigan qulayliklar, xususan MyID yuzni tanish yordamida identifikatsiyadan o’tish bo’yicha yaratilgan imkoniyatlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.