Plexanov nomidagi REUning Toshkent filiali yoshlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirmoqda

G.V. Plexanov nomidagi REUning Toshkent filiali yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga va iste’dodli talabalarni qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratadi. Ushbu ishning natijasi sifatida yosh tadqiqotchilar xalqaro va umumrossiya ilmiy tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnashmoqdalar.

 

Buning yorqin misoli sifatida filial bitiruvchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi va “Plexanov g‘ururi – 2026” laureati Biloliddin Omonullayevni keltirish mumkin. 2026-yilda u “Kelajak fani – yoshlar fani” XI Butunnrossiya tanlovi finalchilari orasida O‘zbekistonning yagona vakili bo‘lib, Toshkent filiali “Mehnat iqtisodiyoti va strategik menejment” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodira Zokirova ilmiy rahbarligida “Yer haqidagi fanlar, ekologiya va tabiatdan oqilona foydalanish” seksiyasida 1-o‘rinni egalladi.

Bu Biloliddinning tanlov finalida ishtirok etishi ikkinchi bor kuzatilmoqda: 2024-yilda ham u Samaradagi final bosqichida G.V. Plexanov nomidagi REU va O’zbekiston sharafini himoya qilgan edi. Uning erishgan yutuqlari filialning yoshlar ilmiy salohiyatini rivojlantirishga hamda talabalarning tadqiqotchilik tashabbuslarini amalga oshirishi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan e’tiborini namoyon etadi.

Ma’lumot uchun: 2026-yilda tanlovga Rossiyaning 81 viloyatidagi 537 ta ta’lim va ilmiy tashkilotlar vakillaridan, shuningdek, yaqin va uzoq xorij davlatlaridan 3 400 ga yaqin ariza kelib tushdi. Mustaqil ilmiy ekspertiza yakunlariga ko’ra, 300 dan ortiq ishtirokchi finalga tanlab olindi.

Tanlab olishning final bosqichi 2026-yil 22-25-sentyabr kunlari Nijniy Novgorod shahrida, N. I. Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti bazasida “Kelajak fani – yoshlar fani” XI Butunnrossiya yoshlar ilmiy forumi doirasida bo’lib o’tdi.