Joylarda davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazildi

Bugun «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollar ekanini qayd etdi. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlashligini ta’kidlandi.

 

https://mudofaa.uz/3226/