Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

20-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida vazirlikning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bevosita va masofadan ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda oliy taʼlim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Oliy taʼlim muassasalarining tegishli bino va inshootlarida quyosh panellarini o‘rnatish, isitish tizimlarini ko‘mirga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida hisobotlar tinglandi, rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha OTM rahbarlariga topshiriq berildi.

Shu bilan bir qatorda oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga biriktirilgan yoshlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini yaxshilash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

Manba: Axborot xizmati