“RAQAMLI IQTISODIYOT TADQIQOTLARI MARKAZI” DM VA G.V. PLEXANOV NOMIDAGI ROSSIYA IQTISODIYOT UNIVERSITETI OʻRTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Memorandumning asosiy maqsadi ikki tashkilot oʻrtasida yangi hamkorlik loyihalari va tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.

Bundan tashqari, memorandum yangi kadrlar tayyorlash, qo‘shma konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar hamda amaliyotlar olib borish, o‘quv jarayoni va amaliyoti samaradorligini oshirish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni tatbiq etish, kadrlar tayyorlash, shuningdek, universitet bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishni nazarda tutadi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar hamkorlikdagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib oldilar.