IT Park turli yoʻnalishlardagi 9 ta soha boʻyicha tanlovni ishga tushirmoqda. Unda ishtirokchilar iqtisodiyot sohasini raqamlashtirishga koʻmak beruvchi raqamli yechimlarni taqdim etishlari zarur boʻladi.
Eng yaxshi loyihalar davlat sektoriga tatbiq qilinadi va moliyaviy yordam oladi.
Loyihalar qabul qilinadigan yoʻnalishlar:
Qishloq xoʻjaligi;
Bank sohasi:
Qurilish;
Transport;
Sogʻliqni saqlash;
Taʼlim;
Energetika;
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri;
Geologiya, mineral resurslar.
Ishtirokchilardan nima kutamiz?
Raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirishda yordam beruvchi raqamli yechimlar: ilova, xizmat, qurilma va boshqalar.
16-dekabrga qadar (shu kuni ham) roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling!
Tanlov haqida batafsil: https://clck.ru/S8P7w
Ariza topshiring va IT Parkʼda istiqbolli moliyalashtirishli akseleratsiya dasturidan oʻtish imkoniyatiga ega boʻling.