Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda demografik omillarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Innovatsion rivojlanish agentligi mas‘ullari, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali olimlari, respublikamizdagi OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining professor–o‘qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy xodimlari va izlanuvchilar ishtirok etdi.
Konferensiya davomida “O’zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida demografiya va mehnat iqtisodiyotiga oid muammolar, hududlarda ishsizlikni kamaytirish va migrasiyani tartibga solishning dolzarb masalalari, moliyaviy savodxonlikni oshirish orqali aholi turmush farovonligini ko’tarishning ustuvor yo’nalishlari hamda O’zbekiston iqtisodiyotini yana-da rivojlantirishga xizmat qiluvchi demografik salohiyatlardan foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.