Unda vazirlik mas’ullari, tizim tashkilotlari mutasaddilari, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari vazirlik binosidan, hududlardagi oliy o‘quv yurtlari rahbarlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarning hisoboti tinglandi.
Jumladan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash va ilmiy unvonlarni tasdiqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda ilmiy kengashlar faoliyati, oliy ta’lim muassasalarida axborot-resurs markazlari faoliyatini takomillashtirish, o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr rejalari hamda ijro intizomiga rioya etilish holati muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda Hay’at a’zolari tomonidan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarish, OTMlarda axborot-resurs markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish, OTMlardagi o‘quv adabiyotlardan foydalanishga xizmat qiladigan platformalar integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.