RIU Toşkent filiali rahbariyati Özbekiston ziyolilari kengaşining birinçi taʼsis yiğilişida iştirok etdi

Islom sivilizatsiyasi markazida «Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi!» şiori ostida Özbekiston ziyolilari kengaşining birinçi taʼsis yiğilişi bölib ötdi. Ikki kun davom etgan mazkur nufuzli anjumanda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda mamlakatimiz ilm-fan, taʼlim, madaniyat va jamoatçilik sohalarining taniqli namoyandalaridan iborat 500 ga yaqin delegat iştirok etdi.

Uşbu muhim umummilliy tadbirda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toşkent filiali direktori, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi K.X. Abdurahmonov, filial direktorining örinbosari, professor Ş.G. Ğoyibnazarov hamda dotsent I.Yu. Razuvayeva iştirok etdilar.

Taʼsis yiğilişi mamlakatimizning intellektual salohiyatini birlaştiriş, davlat va jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalarini muhokama qiliş, milliy strategik ustuvor vazifalarni amalga oşirişda ziyolilarning örni va masʼuliyatini oşiriş, şuningdek, jamiyatda oçiq va samarali muloqot muhitini mustahkamlaşga qaratilgan muhim anjuman böldi. U ilm-fan, taʼlim, madaniyat va jamoatçilik vakillarining Yangi Özbekiston taraqqiyoti yölidagi ezgu maqsad va taşabbuslarini birlaştiruvçi öziga xos intellektual muloqot maydoniga aylandi.

Yiğiliş doirasida akademik K.X. Abdurahmonov mamlakat taraqqiyotida ilm-fan va taʼlim sohasi ziyolilarining örni, jamiyatning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, inson kapitalini rivojlantiriş, yuqori malakali va raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş hamda yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Şuningdek, Yangi Özbekistonning strategik maqsadlarini röyobga çiqarişda ilm-fan, taʼlim, madaniyat va jamoatçilik vakillarining saʼy-harakatlarini birlaştiriş, özaro tajriba almaşiş, ilmiy asoslangan takliflar va amaliy taşabbuslarni ilgari suriş muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.

G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toşkent filiali rahbariyatining mazkur nufuzli anjumandagi iştiroki filialning ilm-fan va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytiriş, ilmiy va intellektual taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, ustoz-şogirdlik anʼanalarini rivojlantiriş hamda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş borasidagi intilişlarining amaliy ifodasidir.

Taʼsis yiğilişi yakunida mamlakat ziyolilarining muştarak qaraşlari, ezgu maqsadlari, taklif va taşabbuslarini özida mujassam etgan Rezolyutsiya hamda Özbekiston ziyolilarining Murojaati qabul qilindi.

Özbekiston ziyolilari kengaşining taşkil etilişi mamlakatimiz intellektual salohiyatini yagona maqsad sari safarbar etiş, ilm-fan, taʼlim va madaniyatning jamiyat hayotidagi nufuzini yanada oşiriş, milliy tafakkurni yuksaltiriş hamda Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş yölida muhim qadam böldi.