G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida «Ma’rifat josolatga qarshi» ma’rifiy g‘oyasini amalga oshirish doirasida talabalarning O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Islomshunoslik va ICESCO islom sivilizatsiyasini o‘rganish» kafedrasi dotsenti Habibullo Sagdiyev bilan uchrashuvi bo‘lib o’tdi

Uchrashuv mavzusi «Axborot ta’siri sharoitida ma’naviy xavfsizlik va diniy ong masalalari» bo’ldi.


Tadbir filialning Ma’naviyat va ma’rifat markazi auditoriyasida bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar raqamli muhurning jadal rivojlanishi va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish sharoitida diniy axborotni tanqidiy idrok etishni shakllandirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan axborot ta’sirining bosqichma-bosqich usullariga, shuningdek, diniy tusdagi noto‘g‘ri va ehtimoliy xavfli ma’lumotlarni aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, diniy axborot tarqatuvchi rasmiy ro‘yxatga olingan internet-resurslar hamda manbalarni tanlashda mas’uliyatli yondashuv zarurligi haqida alohida ma’lumot taqdim etildi

Talabalar, shuningdek, ekstremistik va terroristik faoliyat bilan bog’liq holda taqiqlangan deb topilgan veb-resurslarning yangilangan ro’yxati bilan tanishdilar hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish muhokamasini o’tkazdilar.
Bunday uchrashuvlarning o‘tkazilishi talabalarning axborot va diniy savodxonligini oshirishga, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga hamda raqamli makonda tarqatilayotgan ma’lumotlarga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.